Skip to main content
Article

BUXORO AMIRLIGIDA ISTIQOMAT QILGAN MILLIY-ETNIK GURUHLAR HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR

ABI

Abstract

O‘rta Osiyo xonliklari ichida Buxoro amirligi alohida mavqeiga ega bo‘lgan, katta hududlarni egallagan davlat edi. Manbalarga ko‘ra, XVIII asrning o‘rtalariga kelib Buxoro amirligi hududlarida birmuncha o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bu davrda Buxoro hukmdorlari o‘z tasarruflarida Buxoro shahri va uning atrofidagi Vobkent, Gʻijduvon, Qorako‘l, Vag‘oza tumanlari, Qashqadaryo va Miyonqol vohalarini saqlab qolgan edilar. Xo‘jand, Toshkent, Hisor vaqti-vaqti bilan esa Gʻuzor, Shahrisabz, Nurota, shuningdek, Amudaryoning o‘ng sohilidagi Balx, Andxay, Maymana, Badaxshon va Shibirg‘onlar ham Buxoroga vassal bo‘lishiga qaramay unga itoat etmay qo‘yganlar. Siyosiy parokandalikning asosiy sababi-so‘nggi ashtarxoniylar davridagi o‘zaro kurashlar, markazdan qochuvchi kuchlar mavqeyining o‘sishi edi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references