Skip to main content
Article

QORAQOLPOGʻISTONDA FORTEPIANO JANRINING RIVOJLANISHIDA DILBAR ERNIYAZOVANING TUTGAN OʻRNI

ABI

Abstract

Maqolada qoraqalpoq milliy musiqa san’atini o‘rganish masalalari va tadqiqot jarayonining tarixiy bosqichlari haqida so‘z yuritilgan. Qoraqalpoq musiqa san’atini ilmiy o‘rganishda faol qatnashgan olimlar haqida ma’lumotlar berilgan va ularning asarlari tahlil qilingan. Ushbu maqolada qoraqolpoq musiqasida fortepiano janrining paydo boʻlishi va rivojlanishi, bu janrda ijod qilgan qoraqolpoq kompozitorlari va ularning asarlari haqida soʻz boradi. Maqolaning maqsadi Gʻarbiy<br> va Sharqiy an’analarni oʻzida mujassam etgan musiqa san’atining oʻziga xos sohalaridan biri boʻlgan qoraqalpoq kompozitorlarining fortepiano ijodini oʻrganish, bu sohada kompozitorlarning yutuqlarini tahlil qilish va rivojlanish istiqbollarini anglashdir. Mahalliy mualliflar musiqasida shakllangan Fortepiano ijrochilik san’atini oʻrganishdir. Fortepiano sohasida iqtidorli yosh-avlodni kashf etuvchi va ularning bilimlarini yanada takomillashtiruvchi dastlabki faoliyat yuritgan va oʻzbek va qoraqalpoq san’atini dunyoga tanitayotgan ustozlar va ularning yutuqlari haqida fikr yuritiladi. Bundan tashqari maqolada Qoraqolpogʻistondagi fortepiano ijrochilari va pedagog ustozlarining ijodiga e’tibor qaratiladi. Qoraqolpogʻistonda fortepiano janrini targʻib qilish va rivojlantirishda samaradorli hissa qoʻshib kelayotgan ustozlarimizdan biri boʻlgan Dilbar Erniyazovaning ijrochilik va pedagogik va joʻrnavozlik mahorati, shogirtlari haqida soʻz boradi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references