HOZIRGI KUNDA MAKTABLARDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING SON MIQDORI OSHISHI NATIJASIDA YUZAGA KELAYOTGAN MUAMMOLAR
Abstract
<strong> Annotatsiya: </strong>Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning ko‘pligi uchun ta’lim jarayonining yetkazilishi va o‘zlashtirilishi oqibatida kelib chiqayotgan muammolar va ularning yechimlari. <strong> Kalit so‘zlar:</strong> Ta’lim, maktab, sinf, o‘quvchi, o‘qituvchi, dars jarayoni, ta‘lim tizimi, o‘zlashtirish sifati, ta’limiy maqsad. Mamlakatimiz ta’lim tizimida hammaga ma’lumki maktablarda sinf o ‘quvchilarining ko‘pligi natijasida ko’plab noqulayliklar yuzaga kelmoqda. Misol tariqasida keltirib o’tishimiz mumkinki, bolalarning ko‘pligi o‘qituvchilarning bilim berishiga qiyinchilik tug‘dirayotgani hamda o‘quvchilarning mavzuni talab darajasida o‘zlashtirolmayotganini ko‘rishimiz mumkin. Buning sababi har bir o‘quvchi bilan o‘qituvchi individual shug‘ullanishiga qiyin masala bo'lib qoldi. Shu kabi noqulayliklarni bartaraf qilish uchun ko’plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari bu masala bo‘yicha bir nechta nizom va qonunlar qabul qilingan. — Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, sinfda o‘quvchilar soni 35 nafardan ortmasligi kerak, — deydi Xalq ta’limi vazirligining umumiy o‘rta ta’lim muassasalari boshqarmasi boshlig‘i Saidahror Seytkamalov. — Namunaviy loyiha bo‘yicha qurilmagan, moslashtirilgan binolarda hamda o‘quvchilar soni yetarli bo‘lmagan, olis tog‘li hududlarda joylashgan, ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan maktablarda o‘quvchilar soni sinflardagi mavjud shart-sharoitdan kelib chiqib belgilanadi. Bu kabi qonunlarning amalda qo‘llanilishi maktab o‘qituvchi va o‘quvchilariga keng imkoniyat yaratmoqda. Mutaxassislar va amaliyotchi o‘qituvchilarning fikricha, sinfda o‘quvchilar sonining 25 nafardan ortib ketishi ta’lim sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Ammo ayni paytda ayrim maktablardagi sinflarda hatto 45—50 nafargacha o‘quvchi ta’lim olayotgani sir emas. O‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan ta’lim muassasalarining 1—9-sinflarida chet tili fani, ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar, 5—9-sinflarda informatika va axborot texnologiyalari, texnologiya, 8-9-sinflarda jismoniy tarbiya, ta’lim boshqa tilda olib boriladigan maktablarning 2—9-sinflarida o‘zbek tili fani hamda ta’lim tili rus tili bo‘lmagan muassasalarda rus tili fani bolalarni guruhlarga bo‘lib o‘tiladi. Afsuski, kuzatishlar davomida poytaxtimizdagi ayrim maktablarda bu qoidaga amal qilinmayotgani, ayrim sinflarda o‘quvchilar soni 45 nafargacha ekaniga guvoh bo‘lamiz. — O‘quvchilar sonining ko‘pligi quyi sinflarda murakkab mavzularni tushuntirishda pedagogga qiyinchilik tug‘diradi. Maktabimizda 37 nafardan o‘g‘il-qiz ta’lim oladigan sinflarda shunday holat kuzatiladi. Rus tili, ingliz tili fanlari bolalarni guruhlarga bo‘lib o‘qitiladi. Ammo o‘quvchilar yaxshi o‘zlashtirishi shart bo‘lgan eng zarur fanlar — ona tili, matematika darsari guruhlarga bo‘lib o‘tilmaydi. Bu muammoga yechim topish maqsadida tuman xalq ta’limi bo‘limiga ariza bilan murojaat etdik. O‘quv rejaga ko‘ra, 1-sinfda haftada matematikaga 5 soat, ona tili, o‘qishga 4 soatdan, chet tili, jismoniy tarbiyaga 2 soatdan, tasviriy san’at, odobnoma, texnologiya, musiqa, yo‘l harakati qoidalari, tarbiyaviy soat, atrofimizdagi olam fanlariga 1 soatdan ajratilgan. Ammo bu mavzuni to‘liq tushuntirishga kamlik qiladi. — 1-sinf o‘quvchisining musiqiy savodxonligini rivojlantirish bilan birga ovoz sozlash, notalarni tinglash, bastakorlar hamda ularning asarlari bo‘yicha bilimini ham boyitib borish kerak, — deydi muallima. — O‘quvchi soni 35 nafar bo‘lsa, vazifa murakkablashadi. Ayniqsa, uy vazifasini tekshirish eng murakkab jarayon. Bir soat ichida pedagog 35 o‘quvchi qanday qo‘shiq yodlab kelganini, ovoz diapazonini baholashga ulgurmaydi. Xona yetishmasligi yoki mavjudlari talabga javob bermasligi, cholg‘u asboblari bilan ta’minlash ham katta muammo. Aksariyat maktablarda musiqa faniga kichik xona ajratilgan bo‘lib, 35 o‘quvchi bilan ochiq dars yoki tadbir o‘tkazish imkonsiz. Sinfda o‘quvchilar sonini qisqartirish kerak. Aks holda o‘qituvchi o‘z oldiga qo‘ygan ta’limiy maqsadiga erisholmaydi, mavzu yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarni yetkazib berolmaydi. Bundan ko‘rinadiki: — Sinfda o‘quvchilarning 30 nafardan ortishi ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi kuzatuvlarda aniqlangan. Bu, avvalo, pedagogning o‘quvchilar bilan ishlashini qiyinlashtiradi. O‘g‘il-qizlarning dars vaqtidagi kayfiyatini bilolmaydi, mavzuga barchaning diqqatini birdek jalb etolmaydi. Bunday hollarda o‘quvchiga yetarli darajada e’tibor qaratilmasa, ruhiyatida salbiy o‘zgarish kuzatiladi, bilim olishga ishtiyoqi susayadi. Jarayonda kasbiy deformasiya yuzaga keladi. Bu qiyinchilik o‘quvchilarning bilish jarayoni(diqqat, xotira, idrok, tafakkur va hokazo)ning rivojlanishiga xalal beradi. O‘quvchilar suvning xossasi, kimyoviy formulasi kabi oddiy savollarga ham javob bera olmagan. Ayrim maktablarda o‘quvchilarning darslarni o‘zlashtirishi 30—40 foizni tashkil etgan. Bundan ko‘rinadiki, o‘qituvchi bir o‘quvchiga bir daqiqa ham vaqt ajratolmayapti. Bolalar bilan yakka tartibda shug‘ullanish haqida gapirmasa ham bo‘ladi. 45 daqiqada barcha o‘quvchi mavzuni birdek o‘zlashtirishi uchun informatika va axborot texnologiyalari, chet tili kabi fan mashg‘ulotlarida o‘quvchilar soni 13 nafar etib belgilangan. Shunda sinfdagi o‘quvchilar soni 26 nafarni tashkil etadi. Ammo o‘quvchilar sonining keskin oshishi natijasida 2 guruhga bo‘linganda ham guruhdagi o‘quvchilar soni 20 nafardan ko‘payib ketgani aniqlandi. Darsning 25 daqiqasi yangi mavzuni tushuntirishga ketadi. Tabiiyki, pedagog 15 daqiqada 35 dan ziyod o‘quvchini baholashga ulgurmaydi. <strong> <em>Xulosa.</em></strong>Yuqoridagi fikrlardan ayonki, pedagoglar, ota-onalar va keng jamoatchilikning talabi shunday: sinfda o‘quvchilar soni 25 nafardan oshmasligi lozim. Bu ta’lim-tarbiya sifati yuksalishiga, muallimning mashaqqatli mehnati sal bo‘lsa-da yengillashib, sifat jihatdan o‘sishiga xizmat qiladi. Qolaversa, sinfda gigiyenik muhit yaxshilanib, o‘qituvchi barcha o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlay oladi. Boshlan'ich sinflarda o‘quvchilar sonining normal holatda bo‘lishi ularning xonada erkin harakatlanishi, fanlarni to‘liq o‘zlashtirishi, bilimlarini chuqurroq o‘rgana olishiga yordam beradi. O‘quvchilar bilan birga bir qatorda o‘qituvchilar uchun ham bu qulaydir. Chunki, o'quvchilar bilan alohida-alohida ko'proq shug'ullana oladilar, ularning iste'dodlarini yuzaga chiqishiga yordam beradi. <strong>Foydalanilgan adabiyotlar</strong> 1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi "Xalq ta'limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi № PQ-3931-sonli Qarori. 2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29- apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni. 3. Tolipov U.K., Sharipov Sh.S. O'quvchi shaxsi ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishning pedagogik asoslari. - T., Fan, 2012 4. Yo'ldashev J. G., Usmonov S.A. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish. - T: Fan va texnologiya, 2008.
Not yet translated