FORS TILIDAGI HARBIY TERMINLAR HAQIDA
Abstract
Ilm-fan, texnika taraqqiyoti, ijtimoiy hayotning ko‘pchilik sohalaridagi yangiliklar mislsiz darajada yangi so‘z va terminlar yaratdiki, bular dunyoning qaysi tilda va qaysi xalq tomonidan yaratilgan bo‘lishiga qaramay, fors tili lug‘at tarkibining boyishiga, uning rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir qilib kelyapti. Kirib kelgan yangi so‘z va terminlar fors tilining o‘z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qabul qilindi. Bu leksik birliklardan fors tili og‘zaki va yozma nutqida faol foydalanib kelinmoqda. Fors tili leksikasida mazkur maxsus sohaga oid terminologik tizim yuzaga kelgan va u amaliyotda qo‘llanilmoqda. Shu bois fors tilidagi va yangi kirib kelayotgan harbiy soha terminlarini o‘rganish va ularni kursantlar bilan amaliyotga taqdim qilish masalasi dolzarb ahamiyatga ega.
Not yet translated