ACREMONIUM ALTERNATUM ZAMBURUG'INING QISHLOQ HO'JALIGIDAGI AHAMIYATI HAMDA UNDAN AJRATIB OLINGAN EKSTRAKT VA IKKILAMCHI METABOLITLARNI O'SIMLIKLAR ZARARKUNANDALARIGA QARSHI FAOLLIGINI O'RGANISH
Abstract
<em>Zamonaviy qishloq xo'jaligi barqaror oziq-ovqat ishlab chiqarish va atrof-muhitni muhofaza qilish uchun hal qilinishi kerak bo'lgan bir qator muammolarga duch kelmoqda. Qishloq xo'jaligidagi asosiy muammolardan ba'zilaridan iqlim o'zgarishi, suv tanqisligi, tuproqning degradatsiyasi, biologik xilma-xillikning yo'qolishi, pestitsidlarga chidamlilik shu jumladan eroziya, sho'rlanish va ozuqa moddalarining kamayishi qishloq xo'jaligi hosildorligiga ta'sir qiluvchi muhim muammodir. Bu o'zgarishlar ekinlar hosildorligiga, suvning mavjudligiga, zararkunandalar va kasalliklar dinamikasiga ta'sir qiladi. Bu muammo zararkunandalarga qarshi integratsiyalashgan boshqaruv va biologik nazorat usullari kabi barqaror zararkunandalarga qarshi kurash strategiyalarini ishlab chiqishni talab qiladi. Ushbu muammolarni hal qilish texnologik innovatsiyalar, barqaror dehqonchilik amaliyoti, siyosat aralashuvi va qishloq xo'jaligi sohasidagi manfaatdor tomonlar o'rtasidagi hamkorlikni o'z ichiga olgan ko'p qirrali yondashuvni talab qiladi. Acremonium alternatum zamburug’i va undan ajratib olingan ikkilamchi metabolitlar o'simliklarning o'sishiga, kasalliklarga qarshi kurashishga va bioaktiv birikmalar ishlab chiqarishga foydali ta'siri tufayli qishloq xo'jaligida muhim rol o'ynaydi.</em>
Not yet translated