O'ZBEK TILIDA "HURMAT" MA'NOSINI IFODALOVCHI MORFOLOGIK VOSITALAR TADQIQIGA DOIR
ABI
Abstract
Ma’lumki, hurmat tushunchasining ifoda shakllari, namoyon etish vositalari muayyan tarixiy jarayon mahsuli sanaladi. Hurmatning til rivoji, kommunikativ munosabat bilan bog‘liqligi, ifoda etish shakli va namoyon bo‘lish xususiyatlariga ega ekanligi bu tushunchani kategoriya sifatida tadqiq etishni talab etadi. “Hurmat kategoriyasi ijtimoiy-lisoniy vaziyatda, muloqot jarayonida reallashadigan hodisa, nutqiy ifoda jihatidan morfologik, sintaktik, leksik vositalariga ega bo‘lgan lisoniy tushunchadir”1 . Ko‘rinadiki, tadqiqotchi kategoriya atamasini qo‘llasa-da, hurmat ifodalovchi vositalarni geterogen tabiatliligidan kelib chiqib maydonga ko‘proq yaqin keluvchi fikrlar bayon qiladi.
Not yet translated
Topics
Identifiers
Citations and references
Cited by 00 references