Skip to main content
Article

BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA INDIVIDUAL TOPSHIRIQLARDA FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI VA "SOTUVCHI- TADBIRKOR-QURUVCHI" BAHOLASH METODI

ABI

Abstract

Boshlang‘ich sinf oʻquvchilari matematikadan turli darajadagi tayyorgarlikka ega, bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirishda teng boʻlmagan yutuqlarga ega, matematikaga oʻquv predmeti sifatida har xil qiziqish bildiradilar. Shuni inobatga olgan holda, oʻqituvchi oʻquvchilarning ushbu individual xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻqitishi kerak. Prezidentimiz SH.Mirziyoyev aytganlaridek, matematika hamma fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli boʻlib oʻsadi va istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi. Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantiradi, koʻzlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlaydi va tafakkurini kengaytiradi. Matematika olamni bilishning asosi boʻlib, tevarak- atrofdagi voqea va hodisalarning oʻziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan- texnika va texnologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references