Skip to main content
Article

Basketbolchilarning psixologik tayyorgarligi

ABI

Abstract

Zamonaviy basketbol musobaqalarida yuksak sport natijalariga erishish keskin raqobat ostida kechayotganligi isbot talab qilmaydi. O'yinlarning har bir lahzasi o‘ta shiddatli va tezkor o‘zgaruvchan vaziyatlar ustunligi bilan farqlanadi. Mashg‘ulot va musobaqalarga xos yuklamalar hajmi, shiddati va o‘yin mazmuni mukammal shakllangan jismoniy hamda funksional imkoniyatlarni talab qiladi. Faqat shunday imkoniyatlarga asoslangan yuksak texnik-taktik mahorat musobaqa taqdirini belgilaydi. Shu bilan bir qatorda bugungi basketbolning yana bir ustuvor xususiyatlari shundan iboratki, har bir o'yinchi va jamoa jismoniy hamda texnik taktik jihatlardan yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo'lsayu, lekin ularning psixologik imkoniyatlari zaif bo‘lsa, musobaqa davomida foydali natijaga erishish mushkul bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Shunday ekan ko‘p yillik sport trenirovkasi jarayonida psixologik sifatlar va qobiliyatlarni shakllantirish masalasi boshqa tayyorgarlik turlari kabi ustuvor ahamiyat kasb etadi

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references