BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING BILIMINI BAHOLASHDA XALQARO BAHOLASH TADQIQOTLARINING O'RNI
Abstract
Hozirgi vaqtda har bir insonning hayoti va kasbiy faoliyatida texnogen komponentning o‘sishi kuzatilmoqda. Shuning uchun nafaqat kelajakdagi mutaxassisni, balki har bir maktab o‘quvchisini to‘laqonli matematik savodxonlik bo‘yicha tayyorlashning ahamiyati ortib bormoqda. Matematikani o‘qitishning maqsadlari ham kuchaytirilmoqda. Ular matematikaning o‘ziga xos jihatlariga, fanni o‘rganishni va amaliy qo‘llanilishini ham rivojlantiradigan shaxsiy xususiyatlariga mos kelishi kerak. Matematik savodxonlikni o‘rganish doimiy e’tiborni, qat’iyatni, diqqatni jamlay olish qobiliyatini talab qiladi, ya’ni aqlni rivojlantirishda ham, xarakterni shakllantirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Chunki amaliy hayot uchun zarur bo‘lgan hisoblash, geometrik tasvirlar, formulalar, funksiyalar, grafiklar, diagrammalar, jadvallar bilan bog‘liq bilimlar uchun zarur bo‘lgan materiallarni o‘zlashtirish lozim. Demak, matematik savodxonlik – bu shaxsning turli hayotiy vaziyatlar (kontekstlar) va masalalar ustida matematik mulohaza yuritish, berilgan muammoni matematika yordamida ifodalay olish, muammoni yechishda matematikani qo‘llay olish va olingan natijalardan muammoning yechimini talqin qilish va baholashda foydalana olish qobiliyatidir. Kelajak egalarining zamonaviy bilim, intellektual salohiyat, ilm-u maʼrifat, erkin fikr, ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish, jahonda eʼtirof etilgan uslub va anʼanalarni qo‘llash malakasiga ega bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.
Not yet translated