TA'LIM SIFATINI BAHOLASHNING ILG'OR TAJRIBALARI
Abstract
Ma’lumki, o‘zgarishlar davrida ta’lim tizimi ijtimoiy jarayonlardan kelib chiqqan holda
shiddat bilan rivojlanishni taqozo etadi. Ta’lim orqali jamiyatda kelajakdagi vazifalarni
bajarishga qodir bo‘lgan yangi avlod shakllantiriladi. Shuni inobatga olgan holda umumta’lim
maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash,
yosh avlodning har tomonlama puxta bilim olishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratishga
alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunday islohotlar
natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilmoqda bu holat malakali kadrlar va
yetuk mutaxassislarga bo‘lgan talabning yanada oshib borishiga turtki bo‘lmoqda. Bunday
talabning qondirilishi o‘z navbatida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va darslarga qiziqish
xususiyatini oshirish va o‘qituvchilarning har tomonlama ta’lim tarbiyaga e’tiborini
kuchaytirishning zamonaviy ijtimoiy innovatsiyalar orqali amalga oshirish ehtiyojini vujudga
keltirmoqda.
Not yet translated