Skip to main content
Article

PERSONAJ NUTQINING BADIIY TASVIRDAGI O'RNI

ABI

Abstract

Badiiy asarning muhim poetik unsurlaridan hisoblangan personaj nutqi qahramon dunyoqarashi va ichki olamini his etish imkonini berishdan tashqari, muallif estetik ideali ifodasida ham alohida o‘rin tutadi. Shu ma’noda, personaj nutqi badiiy asarda yozuvchi ijod konsepsiyasini aks ettiradi. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan hayot va qahramonlar yozuvchi tafakkuri va kalbida tug‘ilgan va uning rejasiga bo‘ysundirilgan bo‘lsa ham, lekin obyektiv tasvir muallifga “o‘zboshimchalik” qilishga, ya’ni muallif istagiga, xohishiga monand qahramonning gapirishiga, xarakat kilishiga imkoniyat bermaydi. Bu imkoniyatni san’at rad etadi. Chunki, yukorida ta’kidlaganimizdek, qahramon yozuvchi qo‘lidagi qo‘g‘irchoq emaski, uni xohlagancha o‘ynatsa, xohlagan vaziyatda yig‘latsa, balki u o‘ziga mustaqil odam, o‘zigagina xos fikrlovchi, so‘zlovchi, kuvonch va iztirob chekuvchi shaxs “o‘ziga bog‘liq bir olam”dir[1]. Bu holatni hamma yozuvchi ham uddalay olmaydi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references