O'RTA UMUMIY TA'LIM MAKTABLARI O'QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI OSHIRISH ILMIY-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
Abstract
Zamonaviy jamiyatning eng muhim xarakterli jihati uning barcha sohalarida globallashuvning ko`zga tashlanayotganligidir. Globallashuv o‘z-o‘zidan tezkor xarakatlanish, zarur axborotlarni zudlik bilan qo`lga kiritish, ularni qayta ishlash va amaliyotga samarali tatbiq qilishni taqozo etadi. Pedagoglarning o`z ustilarida izchil, samarali ishlashlarida faoliyatga loyihali yondosha olishlari qo`l keladi. Ularning loyihali yondoshuv asosida quyidagi modelni shakllantira olishlari maqsadga muvofiqdir. Lug`aviy jihatdan “qobiliyat”, mazmunan esa “faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish” ma’nosini anglatuvchi kompetentlik negizida muayyan sifatlar namoyon bo`ladi.
Not yet translated