ISOJON SULTON VA JO'RJ SALIM
ABI
Abstract
Аdabiyotda ijodiy metodlar, oqim va yoʼnalishlar, ijodkorlar uslubi-ning turfa xilligi badiiy tafakkurni tinimsiz ravishda rivojlanuvchi, yangilanuvchi, oʼz mohiyatiga koʼra takomil sari yuzlangan tizim ekanligini koʼrsatadi. Mana shu ijodiy metod, yoʼnalish va oqimlar doirasida har bir ijodkor oʼziga xos uslubni yaratadi. Shu jumladan, arab adabiyotida Joʼrj Salim va oʼzbek adabiyotida Isojon Sulton. Mazkur maqolada arab va oʼzbek yozuvchilarining hikoyalari oʼzaro qiyoslangan holda, ularning tiplogik xususiyatlari va farqlari, anʼana va novatorlik masalalari ochib beriladi. Аnʼana va novatorlik masalalari Joʼrj Salimning “Firdavs”, Isojon Sultonning “Bogʼi Eram” hikoyalari misolida tahlil qilinadi.
Not yet translated
Topics
Identifiers
Citations and references
Cited by 00 references