SHOIR TOLIBAY QABULOV SHE'RLARIGA YOZILGAN MUSIQALAR
Abstract
Ushbu maqolada Qoraqalpaq adabiyotida oʻz oʻrniga ega lirik shoir Tolibay Qabulov hayoti va ijodi haqida soʻz yuritiladi. Shoir ijodiyoti xilma-xillikka ega boʻlib, turmushning barcha javhalarini tasvirlagan. Shuning bilan birga, shoir she’rlariga yozilgan musiqalar va ularning badiiyligi haqida kompozitorlarning fikr va mulohazalari keltirilgan. Shoir poeziyasining hayotchanligi, uning poeziyasi oʻqish orqali, tinglash orqali ham xalqimizning ma’naviy xazinasi boʻlib xizmat etganligidan dalolat beradi. Shoir tabiat va hayot hodisalariga ongli ravishda yondashib, ularning ichidan adabiy obraz yaratishga qulaylarini ustalik bilan tanlab, oʻz janrini topib yozishga diqqat qaratdi. Tolibay Qabulov uchun hayotning mayda voqealariga qadar qoshiqqa aylanib ketayotganga oʻxshaydi. 2006-yili “Qoraqalpogʻiston” bosmasida shoirning “Eń jaqsı namaǵa janım sadaǵa” nomli musiqali qoʻshiqlar toʻplami chop etildi. Bunga shoirning musiqa yozilgan 117 she’ri notaları bilan kiritilgan. Maqolada shoir she’rlariga musiqa yozgan kompozitorlar va ularning ijodi haqida soʻz boradi.
Not yet translated