SHAXS MEHNAT FAOLIYATIDAGI MUVAFFAQIYATINING PSIXOLOGIK MEZONLARI
Abstract
Kasbga yo‘naltirishda kasbiy o‘zini o‘zi anglashning muhim omili “tanlangan kasbning mavqei” hisoblanadi. Shunga bog‘liq ravishda elita kasblar nazariyasi ya’ni Donald Dj.Treymaning inson ijtimoiy mavqei ularning kasblar bilan belgilanadi yoki U.Loyd Uornerning shaxsning u yoki bu ijtimoiy tabaqaga mansubligi uning sohaviy bilimlar tizimiga bog‘liq degan qarashlar yuzaga keldi. Oxirgi vaqtlarda psixologik bilimlar sohasida yangi integratsion yo‘nalish bo‘lmish akmeologiya ya’ni shaxsning kasbiy va shaxsiy hayotida muvaffaqiyatga erishishni tadqiq qiluvchi yo‘nalish haqida ko‘p fikr yuritilmoqda. Shu bilan birga, Ye.A.Klimovning ta’kidlashicha, kasbiy taraqqiyot pilla-poyalaridan yuqoriga chiqadi, joylashdi va erishadi singari, statik bosqich emas, balki bu “funksional reallik” ya’ni faoliyat jarayonida insonning faolligi oshadi, qo‘llab-quvvatlanadi va samaradorlikni oshirish uchun muntazam korreksiyalanib, optimallashib boriladi [1,25].
Not yet translated