KICHIK BIZNESDA RAQAMLASHTIRISH
Abstract
Iqtisodiyot aniq raqamlar, hisob-kitoblar bilan birga, odamlar turmush tarzida yuz berayotgan real o'zgarishlar, natijadorlikni xush ko'radi. Davlat manfaatlarigagina xizmat qiladigan iqtisodiyot rivojlanishdan to'xtaydi. Oxirgi yillarda Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohot va yangilanishlar avvalida iqtisodiyotimizdagi miqdor va sifat o'zgarishlari qamrovini kengaytirish, uning bevosita aholi turmushiga ta'sirini oshirishga e'tibor qaratilayotgani boisi ham shundan. Bu boradagi salmoq va natijalar jadal sur'atlarda oshib borayotganiga guvoh bo'lyapmiz. Aholi daromadlarida o'sish, turmush sharoitida sezilarli o'zgarishlar ko'zga tashlanmoqda. Statistik ma'lumotlar ham so‘ngi yillarda yurtimiz odamlarining umumiy daromadlari 2,6 baravardan ko'proqqa ortganini ko'rsatyapti.
Not yet translated