TO'XTASIN JALOLOV – XAMSASHUNOS OLIM
Abstract
O'zbek adabiyotshunosligida navoiyshunoslik va xamsashunoslik yo'nalishlarida olib borilgan tadqiqotlar sermahsulligi bilan boshqa sohalardan ajralib turadi. O'zbek navoiyshunosligida Hazrat Navoiy "Xamsa"si yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borgan tadqiqotchilar ko'pchilikni tashkil qiladi. Ammo xamsashunos-tadqiqotchilar ro'yxatida To'xtasin Jalolov ismini kamdan-kam holatlarda uchratamiz. Hozirgi kungacha T.Jalolovning ilmiy, ayniqsa, navoiyshunoslik, o'zbek xamsashunosligiga oid faoliyati tadqiqot doirasidan bir qadar chetda qolib kelmoqda. Quyidagi maqolada adabiyotshunos olim, adib To'xtasin Jalolovning Navoiy "Xamsa"si yuzasidan olib borgan tadqiqotlari, bu sohaga qo'shgan ulkan hissasi haqida so'z boradi.
Not yet translated