OʻZBEKISTON TA'LIMINI ISLOH QILISHDA PIRLS 2021 XALQARO TADQIQOTINING OʻRNI
Abstract
Maqolada PIRLS 2021 tadqiqotida ishtirok etgan Oʻzbekistonning erishgan natijalariga oid ayrim muhim ma’lumotlar tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari bayon etilgan hisobotlarda keltirilgan raqamli ma’lumotlarni yanada osonroq idrok etish maqsadida ular diagrammalar koʻrinishiga keltirilib taqdim etilgan. Shuningdek, ta’lim sifatini baholashda muhim manba boʻlib hisoblangan PIRLS xalqaro tadqiqotining obyekti, maqsadi, metodologiyasi qisqacha yoritilgan. Oʻquvchilarning oʻqib tushunishlarini baholash uchun tadqiqot dasturida me’yor sifatida qabul qilingan oʻzlashtirish shkalasi boʻyicha oʻqish yutuqlarining tavsiflari keltirilgan. Maqola soʻngida muallifning xulosalari va ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlarning toʻgʻri rejalashtirilishiga oid tavsiyalar keltirilgan.
Not yet translated