Skip to main content
Article

CHINORBARGLI ZARANG (Acer platanoides L.) va SEMENOV ZARANGI (Acer semenovii Rgl. Et Herd.) TURLARINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI, MANZARAVIYLIGIi VA KO'CHATLARINI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI

ABI

Abstract

Xozirgi kunda dunyo axolisining 50% shaxarlarda istiqomat qilib, bu kursatgich 2050 yilga kelib 66% ga yetadi. Aholi sonining bu qadar tez o’sishi, shaxarlar infartuzilmasini yaxshilash va shaxar muxitiga chudamli bulgan manzarali o’simliklardan foydalanishni taqozo etadi. Respublikaning 3.2 mln gektar xududi o’rmon bilan qoplangan.Bu umumiy maydonning 7 foizini tashkil etadi. Ularning ham 821 ming gektarigina madaniy o’rmonzorlar.Demak mamlakat xududining atiga 2 foizi o’rmon bilan qoplangan. Bundan malumki bizda tabiiy o’rmonlar paydo bo’lishi kamdan kam uchraydi. O’rmonlarning tabiiy ko’payishi uchun xilma-xil daraxt manzarali butalarni ekib ko’paytirish katta axamyatga ega. BMT ning «Biologik xilma- xillik» to’g’risidagi Kanvensiyasi ma’lumotlariga ko’ra, so’ngi yillarda o’simliklarning 34000 turi yuqolib ketish xafi ostida turibdi. Dunyoda turli ekologik muammolarning yuzaga kelishi, iqlim o’zgarishi kabi global muammolar ko’kalamzorlashtirishda, o’simliklarni tanlashda va atrof muxitga estetik ko’rinish namoyon qilishda bir qator qiyinchiliklar yaratmoqda. Manzarali daraxtlar bilan bir qatorda chiroyli gullovchi buta turlaridan foydalanish ko’kalamzorlashtirish ishlarining estetik axamiyatini yanada oshiradi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references