Skip to main content
Article

SELEKSION ASH'YONI BAHOLASH USULLARI

ABI

Abstract

Seleksion ekin maydonlarida fenologik kuzatishlar, biometrik o‘lshovlar o‘tkazilib, o‘simliklarni vilt va boshqa kasalliklar va zararkunandalar bilan zararlanish darajasi, ko‘sagining yirikligi, tola chiqishi va uzunligi va tolaning texnologik xususiyatlari baholanadi. <em>Kuzatish va hisobga olishning quyidagi asosiy turlari mavjud:</em> 1 – maysalab boshlashi va 50 % maysa chiqishi; 2 – shonalab boshlashi va 50 % shona paydo bo‘lishi; 3 – gullab boshlashi va 50 % gullashi; 4 – yetilib boshlashi va 50 % yetilishi; 5 – birinchi hosil shoxining joylashish balandligini hisobga olish; 6 – shonalash, gullash va yetilish sura’tini hisobga olish; 7 – hosil tugishini hisobga olish; 8 – o‘simliklarni o‘sish dinamikasi; 9 – o‘simliklarning vilt bilan kasallanganligini hisobga olish; 10 – o‘simliklarning gommoz bilan kasallanganligini hisobga olish; 11 – o‘simliklar qalinligini hisobga olish; 12 – g‘o‘zaning sovuq tushguncha bo‘lgan hosilini hisobga olish; 13 – paxtaning yalpi hosilini hisobga olish; 14 – ekinlarni morfologik kuzatish;

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references