AZOTLI, FOSFORLI O'G'ITLAR HAMDA PESTITSIDLAR KO'P QO'LLANILADIGAN TUPROQDA YASHAB QOLUVCHI FOYDALI MIKROORGANIZMLAR
Abstract
<em>Ilmiy tadqiqot natijalari asosida tuproqqa meyoridan 30% ko’p miqdorda pestitsid va kimyoviy o’g’itlar bilan ishlov berilganda Bacillus thuringiensis 1fo shtammi eng yuqori miqdorni 7,29×10<sup>9</sup> va nisbatan pastroq natijani 70% da 1.28×10<sup>9</sup>ga yetgani aniqlandi. Bt26 shtammida tajriba o’tkazilgan bakteriyalarga nisbatan eng past miqdorni 70% da 1,06×10<sup>9</sup> yuqori miqdori esa 30% da 6,65×10<sup>9 </sup>gacha ko’tarilgani aniqlandi. Yuqoridagi ikkala shtammda ham 72 soat davomida suyuq ozuqa muhitida o’stirilgandagi miqdoriga nisbatan tuproqdagi hujayralar soni ortganligi aniqlandi. </em><em>A. chroococum shtammi uchun 70% da 1 gr tuproqdagi hujayralar soni 1,73</em><em>×</em><em>10<sup>9 </sup>tani tashkil etdi. A. brasilense shtammida ham pestitsid va kimyoviy o’g’itlar miqdorining ko’payishi hujayralar sonini kamayishiga sabab bo’ldi, 70% da esa 2,71</em><em>×</em><em>10<sup>9</sup> gacha kamayganligi aniqlandi. N. calcicola 32 shtammida selektiv qattiq ozuqa muhitiga ekilganda petri chashkalarning birontasida kalloniya hosil qilmadi.</em>
Not yet translated