Skip to main content
Article

ANVAR OBIDJON IJODI ADABIYOTSHUNOSLIK KO‘ZGUSIDA

ABI

Abstract

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar murabbiyi,professor Yo‘ldosh Solijonovning 2022-yilda “Yangi asr avlodi” nashriyoti tomonidan Toshkentda chop etilgan “Anvar Obidjon poetik olami” monografiyasi haqida fikr yuritilgan. Monografiyada she’riyat, nars, dramaturgiya, hajviyot,publisistikaning qator janrlarida samarali ijod qilgan, bolalar va kattalar adabiyotining o‘ziga xos yangilanishiga munosib hissa qo‘shgan Anvar Obidjon ijodining uslubiy o‘ziga xosliklari tahlil etilgan. Muallif serqirra iste’dod sohibi ijodini yaxlit tarzda o‘rgangani holda o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasini uslubi va badiiy mahorati qirralarini, poetik olamini turli rakuslarda yoritishga erishgan.
 Monografiyada “Tanlangan she’rlar” 1, 2 hamda “Saylanma” kitoblari (ular „Sharq“ nashriyotida 2006-yilda, keyingisi “AKADEMNASHR”da 2017-yilda chop etilgan)da jamlangan asarlari tahlili orqali Anvar Obidjon ijodining XX – XXI asrlar O‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi yoritilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 01 references