TIBBIY BIRLIKLAR VA ULARDA TILNING GENDER IFODASI
Abstract
Dunyo folklorshunosligida ham xalq tabobati bilan bog‘liq obrazlar borligi, ularning so‘z sehriga ishonchdan kelib chiqqani, janr xususiyatlari alohida e’tirof etilgan. Shu sirada xalqlar folklori tilida uchraydigan tibbiy birliklarning arxaik, tarixiy hamda zamonaviy, gender turlarini dalillash, leksik-semantik jihatdan tasniflash, morfologik strukturasini kuzatish, lug‘atlashtirish tamoyillarini aniqlash, etnolingvistik va lingvopoetik ifoda xususiyatlarini bevosita folklor asarlari misolida oydinlashtirish dolzarb masalalar qatoriga kiritilmoqda. Maqolada ayollarda uchraydigan turli xil kasalliklar, ularning gender lingvistikasi haqida so‘z borgan. Shu bilan birga, xalqning “ayol homiy ruh” haqidagi qarashlari ifodalangan.
Not yet translated