XALQARO TAJRIBADA MOLIYAVIY SAVODXONLIK BORASIDAGI TELEKO‘RSATUVLARNING TEMATIK TARAQQIYOT TENDENSIYALARI
Abstract
Maqolada xorijiy mamlakatlarning televideniye orqali efirga uzatilgan moliyaviy savodxonlik va iqtisodiy yo‘nalishdagi turli dasturlar, xorijiy telekanallardagi moliyaviy savodxonlik mavzusidagi teleko‘rsatuvlar, axborot lavhalari, teledasturlarning mavzu yo‘nalishlari va zamonaviy tendensiyalari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada xorijiy telekanallardagi moliyaviy savodxonlik mavzusidagi teleko‘rsatuvlar va dasturlar konsepsiyasi, shakli va tomoshabinlar auditoriyasiga ta’siri ham o‘rganilgan. Maqolada asosan rivojlangan mamlakatlarning, jumladan, AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Yaponiya kabi mamlakatlarning moliyaviy savodxonlik borasidagi ko‘rsatuvlariga urg‘u berilgan bo‘lib, ayni davlatlarning moliyaviy savodxonlik borasidagi televizion ko‘rsatuvlari, dasturlari va tok shoularining mavzuli tendensiyalari, bir-biriga o‘xshash va farqli jihatlari tahlil qilingan. Unda aholi o‘rtasida moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishda maksimal samaraga erishish uchun mavzuni to‘g‘ri tanlash va ta’sir texnologiyalaridan foydalanish muhim ahamiyatga egaligi ta’kidlandi. Shuningdek, maqoladan moliyaviy savodxonlikka oid televizion dasturlar mavzu yo‘nalishlarini shakliga ko‘ra guruhlarga ajratishning tahlili, moliyaviy savodxonlik yo‘nalishidagi teleko‘rsatuvlar tahlili asosida belgilab olinadigan tematik tendensiyalar haqidagi xulosalar ham o‘rin olgan.
Not yet translated