Skip to main content
Article

O‘ZBEKISTON TELEVIDENIESINING SHAKLLANISH MASALALARI, MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

ABI

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekistonda televideniening shakllanish jarayonlariga evolyusion nazar solingan va u davr kesimida o‘rganilgan. Tarixiy tajribaga ko‘ra, yangi, ilgari mavjud bo‘lmagan ommaviy axborot vositasini tizimga kiritish ijtimoiy ahamiyatga ega ma’lumotlarni berishning tezkorligi va uni texnik ishlab chiqish borasida har doim ilg‘or qadam bo‘lgan. Biroq yangi ommaviy kommunikasiya vositasi, ayniqsa, o‘z taraqqiyotining boshlang‘ich bosqichida, o‘z imkoniyatlari va tabiatiga xos bo‘lgan usullarni namoyon qilolmaydi. XX asr boshlarida radio o‘z qadamlarini boshlaganida, materialni taqdim etishning “gazeta shakllaridan” foydalangani singari, televidenie ijtimoiy vazifalarni bajarayotgan yangi kommunikasiya vositasi sifatida radio tajribalariga suyandi. Sobiq SSSR ommaviy axborot vositalari tizimida televidenie o‘zining dastlabki davrida naqadar jozibali texnik vosita sifatida jamoatchilikning hayratini uyg‘otgan bo‘lsa, davlat tashviqoti vositasiga aylanguniga qadar uzoq yo‘lni bosib o‘tdi. Maqolada XX asrning o‘rtalarida paydo bo‘lgan milliy televideniening zamonaviy media makoni, zamonaviy ommaviy kommunikasiyalar tizimi, shuningdek, jamiyatning siyosiy hayoti kontekstida shakllanish va faoliyat ko‘rsatish xususiyatlari tadqiq etilgan. Shuningdek, o‘zbek televideniesi ko‘rsatuvlari janr xususiyatlariga ko‘ra tadqiq etilgan, televidenie tarixidagi eng yaxshi loyihalar tahlilga tortilgan. Yangi janrlar va teleko‘rsatuv formatlarini o‘zlashtirishning ma’naviy-etik jihatlari, shuningdek, ularning auditoriyaga o‘ziga xos ta'sirlari o‘rganilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references