Skip to main content
Article

MAMLAKAT YALPI ICHKI MAHSULOTINI RIVOJLANTIRISHDA KICHIK BIZNESNI O‘RNI VA DUCH KELISHI MUMKIN BO‘LGAN MUAMMOLAR TAHLILI

Gafurov Xurshid MaxsudovichQo‘qon universiteti katta o‘qituvchisiAbdulhamidov Sarvarbek Akramjon o‘g‘liQo‘qon universiteti talabasi
ABI

Abstract

Mazkur maqolada kichik biznes faoliyatini mamlakat yalpi iсhki mahsulotini oshirishdagi o‘rni va bu faoliyat turini yuritish hamda rivojlantirish jararayonida duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolar bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilgan va olingan natijalar bayon qilingan. O‘zbekiston Respublikasi hududi miqyosida o‘tkazilgan so‘rovnomada jami 320 nafar kichik biznes bilan shug‘ullanuvchilar ishtirok etdi. So‘rovnoma natijasida eng ko‘p uchraydigon muammolar resurslarni notekis taqsimlanishi, adolatsiz raqobat, iste’molchilarni o‘zgaruvchan xohish-istaklari kabilar ekanligi aniqlandi. Resurslarning notekis taqsimlanishi muammosini hal qilishda kichik biznes uchun soliq bo‘yicha imtiyozlar berish zarur. Yirik kompaniyalarning adolatsiz raqobat amaliyotiga kirishish imkoniyatlarini cheklash uchun har bir davlat o‘zining monopoliyaga qarshi qonunlarni kuchaytirishi lozim. Iste’molchilarning o‘zgaruvchan xohish-istaklar muammosini bartaraf etishda ularni ehtiyojlari va umidlarini tushunish uchun mijozlar bilan muntazam ravishda muloqot qilish zarur. Maqolaning oxirida mazkur muammolarning yechimlari haqida umumiy xulosa va takliflar berib o‘tilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 01 references