Skip to main content
Article

MUSTAQILLIK YILLARIDA OʻZBEKISTONDA ICHKI ISHLAR PROFILAKTIKASI INSPEKTORLARI FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY ASOSLARINI MUSTAHKAMLANISHI

Temirova Mashhura MuhammadaminovnaQoʻqon universiteti v.b. dotsenti (PhD)
ABI

Abstract

Mazkur maqolada Mustaqillik yilarida Oʻzbekistonda ichki ishlar profilaktikasi inspektorlari faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslarini mustahkamlanishi, ichki ishlar sohasini takomillashtirish uchun respublikada olib borilgan islohatlar, qarorlar, farmonlar va ularning amaldagi natijalari ilmiy asosda tahlil etilgan. Maqolada tadqiq etilayotgan mavzu yuzasidan N.Taumuratov, A.Yermetov, Q.Qodirovlar tadqiqot ishlarini olib borgan boʻlib, mazkur tadqiqotlarda ichki ishlar sohasining sovetlar hukumronligi davridagi faoliyati oʻrganilgan. Q.Qodirov tomonidan esa soha faoliyatining mustaqillik yillardagi jarayonlari umumiy tarzda tahlil etilgan. Mazkur ishimizda yuqorida sanab oʻtilgan tadqiqotchilarning ishlari muhim manbaviy asos boʻlib xizmat qiladi. Shuningdek, biz tadqiqotga metodologik yondashgan holda arxiv manbalaridan ham toʻlaqonli foydalandik. Shu sababli biz mazkur tadqiqotda ichki ishlar sohasining muhim va asosiy boʻgʻini hisoblangan profilaktika xodimlari faoliyatini tadqiq etishni asosiy maqsad etib qoʻydik. Shuningdek maqolada mustaqillikning dastlabki yillaridagi respublikadagi jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlari islohotlardan keyingi jarayonlar bilan aniq tahlillar asosida qiyosiy oʻrganilgan. Shuningdek, olingan tahlil natijalari asosida ichki ishlar sohasi xodimlarining ish samaradorligini oshirishga doir taklif va xulosalar ishlab chiqilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references