YUSUF XOS HOJIBNING “QUTADGʻU BILIG” ASARINING OʻRGANILISHI HAMDA ASARDAGI SOMATIK FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING QOʻLLANILISHI
Abstract
Mazkur maqolada Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” asarining oʻrganilishi va asarda somatik frazeologik birliklardan foydalanganlik jihatlari va birliklarnig sistemasi toʻgʻrisida fikr yuritiladi. Tadqiqot jarayonida tilshunoslik mavzusida izlanishlarni amalga oshirgan jahon olimlari va izlanuvchilarning oʻnlab asarlari hamda tadqiqot ishlari oʻrganib chiqildi. Mamlakatimizda ham bir necha nafar izlanuvchi va olimlarning frazeologizm hamda tilshunoslik sohasida olib borgan izlanishlari oʻrganildi. Tadqiqotni olib borish uchun kuzatish, izohli va lugʻaviy tahlil usullaridan keng foydalanilgan. Natijalar qismida tadqiqot natijasida kelib chiqqan natijalar va koʻrsatkichlar tahlil etilib, muhokama qilindi. “Qutadgʻu bilig” asarida somatik frazeologik birliklardan foydalanganlik koʻrsatkichlari hamda frazeologik birliklarning grammatik xususiyati koʻrsatkichlarining tahliliga katta e’tibor qaratildi. Maqola soʻnggida muallif xulosasi va takliflari keltirib oʻtildi.
Not yet translated