Skip to main content
Article

Ijodkor uslubi va badiiy mahorat

2023uz
ABI

Abstract

Maqolada badiiy ijod olami, iste’dod va mahorat, san’atkor uslubi borasidagi mulohazalar ilgari suriladi. Badiiy asar yozib bo‘lingach, kitobxon hukmiga havola etiladi. Matnni o‘qish, uqish jarayonida kitobxon qabul qiluvchi, o‘zlashtiruvchiga aylanadi. Badiiy matnni mutolaa qilish, ma’nolar mahzanini idrok aylash kitob muhibidan ma’lum tayyorgarlikni taqozo etadi. U aqlu zakovati, hissiyot olami bilan asar dunyosi asrorini kashf etib boradi. Kitobxon voqealar silsilasini kuzatadi, adabiy qahramon qiyofasi, portretini tasavvur qiladi, ruhiyat iqlimini his etib boradi. Adabiy jarayonda ijodkor shaxsiyati va iste’dod tabiati, so‘z san’atining mohiyati bashariy qadriyat maqomida o‘rganiladi. Ijodkor shaxsiga, badiiy adabiyotga estetik tuyg‘u nuqtai nazaridan yondashish kuzatiladi. Badiiy, estetik tafakkur masalalarini go‘zallik, ezgulik singari qadriyatlar, shakl va mazmun birligi, adabiy janrlar xilma xilligi hamda uslubiy yo‘nalish, badiiy til, ifoda vositalari nuqtai nazaridan o‘zlashtirish, xulosalar chiqarish adabiy jarayonning tabiiy ehtiyojiga aylandi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references