Skip to main content
Article

Xorazm adabiy muhitida devonchilik an’anasi

2023uz
ABI

Abstract

Mazkur maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Muhammad Rahimxon II Feruz asos solgan Xorazm adabiy muhiti devonchilik an’anasining o’ziga xos shakllari, shahzoda shoirlardan Sultoniy va Sa’diy ijodi va ular tomonidan tartib berilgan devonlar, devonlardagi ba’zi she’rlar, xususan, g’azal, mustazod, muxammaslaridan numunalar keltiriladi, qo‘lyozmalardagi she’rlar matni O‘zbekiston Respublikasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan manbalar asosida tahlil etiladi. Xorazm devonchilik an’analarini o‘rganish, shahzoda shoirlar, xususan, Sultoniy, Sa’diy, G’oziy, Asadlar tomonidan tartib berilgan devonlar qo‘lyozmalarining o‘zaro matniy-qiyosiy tadqiqi va tahlilini amalga oshirish o‘zbek adabiyoti tarixini to‘ldiradi hamda bu davrning tarixiy, madaniy, adabiy muhitini o‘rganish muhim manba bo‘ladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references