NAQQOSHLIK
Abstract
Termiz davlat pedagogika instituti 60111200 - «Tasviriy san’at va
muhandislik grafikasi» ta’lim yo‘nalishi bakalavr talabalari uchun
mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma . 4

KIRISH

Qadimda odamlar yashayotgan maskanlariga, devor-u toshlarga
ov jarayonlari, jang-u jadallar, bazmlar, tantanali marosimlarni aks
ettirganlar. Jumladan, Afrosiyob, Varaxsha, Bolaliktepa va boshqa
obidalar qoldiqlari shundan dalolat beradi. Keyinchalik, ayrim
sabablarga ko‘ra tirik mavjudotni aks ettirish taqiqlab qo‘yildi.
Shuning uchun tasviriy san’at o‘rnini o‘simliksimon, geometrik
naqshli bezaklar egalladi.
Rang-barang, o‘simliksimon, geometrik naqshlar, ularning
o‘zaro joylashishida chuqur mazmun singdirilgan. Tasvirlangan
naqshlarda ramziylik ustivordir. Ota-bobolarimiz qadimiy obidalarni
nafis naqshlar bilan bezar ekanlar, zavq olish bilan bir qatorda ular
orqali o‘z orzu-umidlarini, muhabbatlarini, tilaklarini kuylaganlar.
Naqqosh ota-bobolarimiz inson ruhiyatini juda chuqur va har
taraflama o‘rganib, uylarni ajoyib naqshnigorlar bilan boyitganlar.
Naqshlangan uyda kishilar xotirjam, ruhiy osoyishtalik og‘ushida
bo‘lishi, uzoq umr ko‘rishini donishmand bobolar asrlar davomida
hayotiy tajribalar asosida ilg‘aganlar.
Keksa ustalarimizning aytishlaricha, qadimda naqqoshlik san’ati
shunchalik rivojlangan ekanki, ular chizgan yoki bo‘yagan naqshlari
orqali bir-birlari bilan unsiz ovozda gaplasha olar ekanlar. Naqqoshlik
san’ati tilini bilish uchun naqshning har bir unsuri va ranglarining
ramziy alifbosini bilmoq kerak bo‘lgan.
Alisher Navoiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Al-
Xorazmiy, Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy, Kamoliddin
Behzod, Maoniy, Firdavsiy, Umar Xayyom, Bobur kabi jahonga
mashhur olim, shoir va naqqoshlar binolarimizni kishilar xayolini
o‘ziga tortuvchi, tabiatning go‘zal manzaralariga monand naqshlar
bilan bezashga chaqirganlar. Kishilarni go‘zallik bilan yaqin do‘st,
birodar bo‘lishga undaganlar. Arab imlosi, g‘azal, bitiklar, naqshlar,
me’moriy obidalar, tasviriy san’atning islimiy-tilsimiy turlari eshitish
va ko‘rish a’zolarimiz orqali ruhimizga hissiy quvonch olib keladi.
Islom madaniyati ijod dasturida fikr va narsalarning shakl yaxlitligi
ramziy-tilsimiy mazmun qobig‘iga o‘ralgan. Naqsh, chodirga o‘ralgan
ayolga o‘xshaydi. Naqsh-haqqoniyatni qo‘l bilan ushlab ko‘rish emas,
go‘zallikning mohiyatini anglash, shu go‘zallikni dilda tasdiqlash,
Not yet translated