O'ZGA TILLI GURUHLARDA RUS TILINI O'RGATISHDA YUZAGA KELADIGAN MUAMMOLAR VA YECHIMLAR HAMDA TA`LIM SIFATINI OSHIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Abstract
Prezidentimiz o’z ma`ruzalarida aytgan “Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu - ilm-fan, ta'lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug’ istiqboli, birinchi navbatda, ta'lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog’liq”, degan so’zlari bor. Prezidentimiz ta`biri bilan aytganda, “Bugun biz yashayotgan jamiyatga yangi fikr, yangi g’oya, eng muhimi, islohotlarni amalga oshirishga qodir bo’lgan yangi avlod kadrlari kerak. Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir”. Chindan ham, bugun biz ulug’ niyatlar bilan poydevor qo’yayotgan yangi uyg’onish davri mamlakatimizda mana shunday ulkan boylik yaratishga, xalqimizning hayotini farovon qilishga va kelgusi avlodlarga o’zimizdan munosib meros qoldirishga xizmat qiladi. Bundan ko’rinib turibdiki, biz kabi yoshlar oldiga shunday mas`uliyatli vazifalar qo’yilmoqdaki, o’zimizga berilayotgan imkoniyatlardan to’liq foydalangan holda ana shu vazifalarni astoydil bajarish uchun bel bog’lashimiz zarur. Chunki, men bo’lajak rus tili fani o’qituvchisiman, kelajak avlodga ta`lim-tarbiya berish, ayniqsa, rus tilini o’rgatish mening eng muhim va mas`uliyatli vazifamga aylanadi. Bu borada menga “Mental arifmetika” bo’yicha olib borayotgan ishlarim qo’l keladi. Men “Mental arifmetika” bo’yicha boshlang’ich sinf o’quvchilariga kurs o’taman. Bu orqali men oilamga moddiy foyda keltirish bilan birga, o’quvchilar bilan ishlashni o’rgandim. Men oliygohni bitirib, ana shu pedagogik texnologiyalarni qo’llash orqali o’quvchilarga rus tilini o’rgatishda bilimim, iqtidorim, tajribam yetarli darajada bo’lishiga ishonchim komil. Men, albatta, rus tili bilan cheklanmasdan ingliz tilini ham o’rganishni maqsad qilib qo’yganman. Chunki, til bilish orqali xorijiy tajribalarni ham o’rganishim mumkin bo’ladi. Ammo, til o’rgatishda turli xil muammolarga duch kelamiz.
Not yet translated