Skip to main content
Other

BADIIY SО'Z VA MATN

ABI

Abstract

Sahna nutqida badiiy sо‘zni madaniyatshunoslik bilimlari kontekstida kо‘rib chiqib, yurtimizdagi zamonaviy teatrlarda sahna nutqiga alohida e’tibor berildi va hal etilishi zarur bо‘lgan anchagina muammolar (rejissyorlikni tijoratlashuvi, teatr repertuari asosi bо‘lgan adabiyotning past darajadaligi, teatr maktabidagi nuqsonlar va boshqalar) bor ekanligi ma’lum bо‘ldi. Sahna nutqi tomoshabinlar uchun muhim madaniy namuna bо‘lib qolishi kerak, shuning uchun uning sifati benuqson bо‘lishi lozim. Hozirga paytda sahna nutqi – bu sahnadan talaffuz qilinayotgan matnning eshituvchanligi va tushunarliligini ta’minlovchi qandaydir “sharxlash tizimi”gina emas, balki ijodiy g‘oyani amalga oshirish bilan bog‘liq spektakl uslubining muhim tarkibiy qismi hamdir. Aktyor sahnada nafaqat partnyoriga, balki ham sahna harakati, ham nutqda hamma narsani tushunib olishi lozim bо‘lgan tomoshabinni ham nazarda tutadi. Kо‘rinadiki, sahna sharoitida talab qilinadigan talaffuz uslubi uni aniq yetkazib berilishida aktyor zamonaviy maishiy nutqqa xos bо‘lgan tabiiylikni saqlashi lozim.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references