O`ZBEK ADABIYOTI TARIXIDA SHAKLLANGAN G`OYALAR TAVSIFI
Abstract
O`zbek adabiyoti o`zbek xalqining tarixiy taraqqiyoti mobaynidagi ijodiy faoliyati mahsulidir. Unda xalqimiz turmushining badiiy tarixi, uning erksevar intilishlari va vatanga bo`lgan muhabbati aks etgan. Shu o`rinda biz o`zbek adabiyoti deganda eng avvalo o`zbek xalqining o`zbek tilida yozilgan adabiy asarlarini tushunmog`imiz kerakligini ta`kidlab o`tish joizdir. Biroq zamonaviy o`zbek tilining ajdodi bo`lmish eski turkiy tilda yozilgan asarlar ham uzoq muddat davomida O`rta Osiyo hududida istiqomat qilgan o`troq va ko`chmanchi xalqlarning adabiy merosi maqomiga loyiq deya olamiz. Shunga binoan qadimgi ko`kturk yozuvida bitilgan eng dastlabki yodgorliklardagi namunalardan tortib o`rta turkiy til va eski o`zbek (yoki chig`atoy tili) tillarida bitilgan barcha asarlar mazkur bepoyon mintaqada kelib o`rnashgan barcha turkiy xalqlarning tarixiy merosi va shu jumladan o`zbek adabiyotining ajralmas bir qismi hisoblanadi. O`zbek adabiyotiga tegishli deb hisoblanadigan asarlardagi turli-tuman obrazlarda jamiyatning yuzyilliklar davomida boshdan kechirgan ruhiy taraqqiyoti va xalqning milliy xarakteri o`z aksini topgan. Ushbu maqolada o`zbek yozma adabiyoti tarixi sxematik tarzda quyidagi bosqichlarga bo`lib talqin etiladi.
Not yet translated