AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIYADA BIRIKTIRUVCHI TOʻQIMA DIFFERENSIALLASHMAGAN DISPLAZIYASI DIAGNOTIKASINING JIHATLARI
Abstract
Tadqiqotning maqsadi biriktiruvchi toʻqima differensiallashmagan displaziyasi (BTDD) mavjud homiladorlarda biriktiruvchi toʻqima metabolizmi biokimyoviy markerlari – qondagi magniy va oksiprolin miqdorini aniqlashning samaradorligini aniqlash va buni magniy preparatlari bilan davolash yordamida tekshirishdan iborat. Tadqiqot Toshkent shahar 9-Akusherlik kompleksida oʻtkazilgan. Unga 129 ta ayol qamrab olindi. Ulardan 65 tasi sogʻlom ayollar boʻlib, 64 tasida esa BTDD mavjud. Tadqiqot natijalariga koʻra, BTDD mavjud homiladorlarda nazorat guruhi bilan solishtirganda qondagi oksiprolin miqdori yuqoriroq, magniy miqdori esa kamroqligi aniqlandi. Shuningdek, magniy preparatlari qabul qilish bu koʻrsatkichlar me’yorllashishiga olib kelgan. Tadqiqot xulosasi boʻyicha, BTDD mavjud homiladorlarda qondagi magniy hamda oksiprolin miqdorini aniqlash ularda homiladorlikni olib borishda muhim hisoblanadi.
Not yet translated