O‘zbekistonga turistlar tashrifini ko‘paytirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni
Abstract
Jahon iqtisodiyoti tarkibida xizmatlar sohasining ulushi yildan yilga oshib bormoqda. Xizmatlar sohasitarkibida turizm sektori muhim rol o‘ynaydi. Ushbu tadqiqotda raqamli texnologiyalar rivojlanish tendensiyasi va turistlarningO‘zbekistonga tashrifi o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganiladi. Tadqiqotda xorijiy turistlar soni, O‘zbekistonda internetdanfoydalanadiganlar ulushi, siyosiy barqarorlik va zo‘ravonlikning yo‘qligi, havo transportida tashilgan yo‘lovchilar soni kabima’lumotlar to‘plamidan foydalanildi. Pearson korrelyatsiyasi, chiziqli regressiya kabi statistik usullarni qo‘llash orqaliO‘zbekistonga turistlar tashrifini ko‘paytirish imkoniyatlari tahlil qilindi. Bizning topilmalarimiz turistlar tashrifida boshqaomillar bilan bir qatorda raqamli texnologiyalar ham muhim ahamiyatga ega ekanligini ochib beradi. Raqamli texnologiylaruchun umumiylikni o‘zida birlashtirgan internetdan foydalanuvchilar soni oshgani sari turistlar soni ham oshib boradi. Shubilan birgalikda siyosiy barqarorlikning ta’minlanishi va zo‘ravonliklarning kamayishi ham mamlakatga keladigan turistlargata’sir qilmay qolmaydi. Tadqiqot turistlar tashrifini kengaytirish bo‘yicha ish olib borayotgan mansabdorlar va tadqiqotchilaruchun kerakli tushunchalarni beradi. Ushbu tadqiqotda xizmatlar sohasida muhim ahamaiyatga ega bo‘lganturizm sektorini rivojlantirish iqtisodiy rivojlanishda yuqori ahamiyat kasb etishi takidlanadi.
Not yet translated