ABDURAHMON JOMIY VA ALISHER NAVOIY “LAYLI VA MAJNUN” DOSTONLARIDAGI LAYLI VA UNGA YONDOSH OBRAZLAR
Abstract
Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy asarlarida sharq mumtoz adabiyotini o‘ziga xos va betakror badiiy obrazlar bilan boyitgan so‘z san’atkorlaridir. Ularning asarlarida bosh qahramonlardan tortib, epizodik obrazlargacha — barchasi individual xarakter va xususiyatlarga ega. Ular o‘quvchida kuchli estetik zavq uyg‘otishi bilan e’tiborlidir. Bunday obrazlar asarni qayta-qayta mutolaa qilishga undaydi. Mumtoz adabiyotda obraz yaratish an’analari muayyan doiralarda takroriylik xususiyatiga ega. Biroq bu takroriylik bevosita nusxa ko‘chirish emas, balki mavjud obrazlarning har safar yangi qiyofada talqin etilishi orqali namoyon bo‘ladi. An’anaviy badiiy timsollar har bir davr, muallif va asar doirasida yangi ma’no, estetik yuk va g‘oyaviy talqin bilan boyitiladi. Ayniqsa, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ijodida bu yaqqol ko‘zga tashlanadi. Maqolada Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy “Layli va Majnun” dostonlaridagi Layli obrazi qiyosiy tahlil etilgan. Asosiy qahramonlarning xarakteri, ichki kechinmalarini ochib berishda epizodik obrazlar muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, Laylining onasi, enaga, Laylining dugonalari kabi epizodik obrazlarning Layli obrazini to‘liq shakllantirishdagi roli qiyosiy o‘rganilngan.
Not yet translated