Skip to main content
Article

TIBBIYOTGA OID TERMINOLOGIYADA BA’ZI LOTINCHA ATAMALAR KELIB CHIQISHINING METАFORIK XUSUSIYATLARI HAQIDA

Mukhammadali TOSHXONOVUzbekistan State World Languages University
ABI

Abstract

Maqolada lotin tilidagi tibbiyotga oid terminlarning metaforik xususiyati kompleks tadqiq qilindi. Tibbiyotga oid terminologiyadagi lotin tilidagi atamalarni aniqlash va tahlil qilish maqolaning maqsadi hisoblanadi. Tadqiqot metodologiyasi hamda tadqiqot materiallari sifatida lotin tili terminologiyasi lug‘atlari, shuningdek, lotin tili bo‘yicha darsliklardan tanlab olingan atamalardan foydalanilgan. Tahlilni amalga oshirishda lingvistik tadqiqotning tavsifiy, leksik-semantik, strukturaviy, qiyosiy usullaridan foydalanildi. Maqolada 50ta tibbiyotga oid terminlarning etimologik, semantik hamda strukturaviy tahlili amalga oshirilgan. Etimologik kuzatishlar asosida atamalarning 5ta asosiy guruhi tasniflandi: hayvonlar tasvirida shakllangan zoomorf atamalar; muayyan harakatga asoslangan atamalar; antik mifologiyadan ismni o‘z ichiga olgan atama-mifologizmlar, shuningdek, tashqi belgilarning o‘xshashligiga asoslangan atamalar. Ushbu maqolada tibbiyotga oid terminologiya bilan bog‘liq ba’zi lotin atamalarining tuzilishi va kelib chiqishi o‘rganildi. Tahlil natijalariga ko‘ra tibbiyotga oid lotincha atamalar orasida metaforik xususiyatga ega misollar aniqlandi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references