Skip to main content
Article

OLIY TAʼLIM SIFATI TALABALAR NIGOHIDA

Otabek TILAVOLDIYEVGuliston davlat universiteti, Filologiya fakulteti o’quv ishlari bo’yicha dekan muoviniHikmatullo URAZBAYEVToshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti, Huquq, texnologiya va ta’lim fakulteti o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini, PhD
ŬzMU habarlari.journal2024uz
ABI

Abstract

Mazkur maqolada Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalarida taxsil olayotgan talabalar oliy taʼlim sifatini nimalarda koʻrishini oʻrganish maqsadida amalga oshirilgan tadqiqot natijalari taqdim etiladi. Oʻzbekistonda oliy taʼlimning ommalashuvi sharoitida oliy taʼlim sifatini taʼminlash va takomillashtirishning zamonaviy mexanizmlarini yaratish va amaliyotga tadbiq etish muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Buning uchun albatta birinchi navbatda talabalarning oliy taʼlim sifatini nimalarda koʻrishini aniqlash ustuvor ahamiyatga ega. Tadqiqotda soʻrov usulidan foydalanib, soʻrov mamlakatimiz OTMlarida taxsil oluvchi 177 nafar talabalar oʻrtasida oʻtkazildi. Tadqiqot natijalariga koʻra talabalar oliy taʼlim sifatini birinchi navbatda OTMda faoliyat yurituvchi professor-oʻqituvchilar salohiyatida koʻrishadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references