Skip to main content
Article

MULKIY HUQUQLARNI JAMOAVIY ASOSDA BOSHQARUVCHI TASHKILOTLAR VA MUALLIFLAR O‘RTASIDAGI FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABARTLAR

Iroda Yakubova(Doctor of Science), Associate Professor Department «Intellectual property law» of Tashkent State University of Law,
ABI

Abstract

Soʼnggi yillarda dunyo miqyosida intellektual mulk, xususan, mualliflik huquqi muhofazasini taʼminlash va uning himoyasini kuchaytirish boʼyicha bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar mualliflarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, mualliflik asarlaridan ruxsatisiz foydalanishga chek qoʼyish, mualliflik haqini adolatli toʼlanishi va mualliflik huquqiga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish kabi masalalar bilan bogʼliq. Qolaversa, mualliflik asarlaridan ruxsatisiz foydalanish va mualliflarga mualliflik haqini adolatli toʼlanmatyotganlik holatlarining koʼpligi muallifning mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqarish institutini rivojlantirish zaruratining kuchayib borayotganligidan ham dalolat beradi. Mamakatimizda oʼz yechimini kutayogan bir qancha masalalar mavjud boʼlib, mualliflik-huquqiy munosabatlarni tartibga solish, xususan, uning muhofazasida mualliflik huquqlarini jamoaviy boshqarish va mualliflik shartnomasi bilan bogʼliq jarayonlarni tadqiq etish dolzarb vazifa hisoblanadi. Shuninhdek, maqolada ushbu institutni takomillashtirish bilan bogʼliq ayrim dolzarb muammolarga, mualliflik huquqini himoya qilishning xalqaro standartlariga va milliy qonunchilikning qiyosiy-huquqiy tahliliga, shuningdek, Oʼzbekiston va boshqa mamlakatlar olimlarining fikrlariga eʼtibor qaratilgan. Mualliflik huquqini rivojlantirish uchun ilmiy va amaliy ahamiyatga ega boʼlgan taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references