EPIK KLISHЕLAR HAMDA ULARNING INGLIZ VA NЕMIS TILLARIDAGI TALQINI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA)
Abstract
Mazkur maqolada “Alpomish” dostonida uchraydigan epik klishelar va ularning ingliz, nemis tillariga tarjimalari xususida so‘z yuritiladi. Dostonni xorijiy tilga tarjima qilishdagi muammolar, ularning yechimlari va unda tarjimonlarning tutgan usullari xususida ma’lumotlar berilgan. Asliyatda keltirilgan stilistik formulalarni ingliz va olmon tiliga o‘girishda tarjimon bir marta o‘girilgan shaklni xuddi asliyatdagidek boshqa joylarga ham aynan olib o‘tmagan, balki ularni turli lingvistik vositalar yordamida tarjima qilgan. Chunki asliyatdagi bir xillik u mansub bo‘lgan folkloriy muhit uchun tabiiy bo‘lib, undagi takror holatlar asliyat o‘quvchisiga deyarli bilinmaydi. Biroq o‘zga til uslubi va badiiy shaklida bu holat g‘alizlik tug‘dirishi mumkin. Ya’ni tavtologiya holatlarini yuzaga keltiradi.
Not yet translated