UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA BIOLOGIYA FANINI ELEKTRON AXBOROT TA’LIM RESURSLARI VOSITASIDA O‘QITISHNING ZAMONAVIY METODLARI VA TAMOYILLARI
Abstract
Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, unga eng ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish hamda ta’lim oluvchilarni dunyo yoshlariga nisbatan raqobatbardosh qilib tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, umumta’lim maktablarida o‘quv fanlarining ilmiy-metodik ta’minotini takomillashtirish, o‘qitish sifatini oshirish hamda ta’lim jarayonlariga zamonaviy elektron axborot ta’lim resurslarini joriy etish bo‘yicha bir qator islohatlar amalga oshirilmoqda. Ushbu maqolada umumta’lim maktablari biologiya ta’limi samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning elektron axborot ta’lim reserslaridanfoydalanish ko‘nikmalarini hamda biologik kompetentligini rivojlantirishning zamonaviy metodlari va tamoyillari yoritilgan.
Not yet translated