OILAVIY MIGRATSIYANING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Abstract
Globallashuv jarayonining xalqaro migratsiyaga ta’sirining ortishi, uning nazariy asoslarini, xususan, oilaviy migratsiya jarayonlarini tadqiq qilish ko`plab olimlar uchun dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada muomalaga kiritilgan oilaviy migratsiya tushunchasi bilan bog’liq bir-nechta atamalarni o‘rganish muhim hisoblanadi. Ushbu maqolada oilaviy migratsiyaning nazariy asoslari, uni keltirib chiqaruvchi omillar va uning sabablari va shu bilan birga oilaviy migratsiyaning asosiy turlari haqida ma’lumotlar tahlil qilindi. Oilaviy migratsiyaning nafaqat ijobiy, balki salbiy jihatlari ham ko‘rib chiqilib, kerakli taklif va tavsiyalar berildi.