PROTOTURKIYLARNING AMERIKA QIT’ASIGA KO‘CHISHI: LEKSIK PARALLELLIZM VA ETIMOLOGIK- SEMANTIK TADQIQ
Abstract
Ushbu maqola prototurkiy xalqlarning Amerika qit’asiga migratsiyasi va tillardagi o‘xshash so‘zlarning etimologik-semantik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Kirish qismida turkiy xalqlarning keng geografik hududlarga tarqalishi va bu boradagi ilmiy farazlar yoritilgan. Metodologiya va tahlil bo‘limida tarixiy manbalar, jumladan, Mirzo Ulug‘bekning “To‘rt ulus tarixi” va boshqa olimlar, masalan, F.Otto Roehrig, A.Karimullin va P.Qoya kabi tadqiqotchilarning ilmiy ishlari tahlil qilingan. Turkiycha ayrim so‘zlarning Amerika qit’asidagi tubjoy xalqlar tilida uchrashi va o‘zaro o‘xshashliklarini aniqlashga harakat qilingan. Shuningdek, tadqiqotda xalqlarning til va madaniyatiga boshqa millatlar madaniyati ta’sirini hamda tarixiy migratsiya yo‘nalishlarini ko‘rsatishga harakat qilingan hamda prototurkiy qabilalarning Amerika qit’asiga ko‘chishlariga oid farazlar va ularning dalillari muhokamaga tortilgan. Keltirilgan fikrlar ilmiy kashfiyotlar uchun keyingi izlanish yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qiladi.
Not yet translated