Skip to main content
Article

O‘zbek jadid adabiyoti rivojlanish tarixi, asarlari va adabiy aloqalardagi o‘rni

Gulnoza XushvaqtovaDoktorant, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
ABI

Abstract

Mazkur maqola XIX asr oxiri va XX asr boshlarida shakllangan o‘zbek jadid adabiyotining tarixiy, ijtimoiy va madaniy ahamiyatini yoritadi. Turkiston mintaqasida Rossiya imperiyasi hukmronligi ostida yuzaga kelgan jadidchilik harakati xalqni savodxonlikka chorlash, milliy uyg‘onish va modernizatsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan edi. Maqolada jadid adabiyotining rivojlanish zaminlari, yangicha ta’lim tizimini joriy etishdagi sa’y-harakatlari, milliy madaniyat va qadriyatlarni saqlash yo‘lidagi urinishlari ko‘rib chiqiladi. Jadid adiblar Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulhamid Cho‘lpon va Abdurauf Fitrat kabi ma’rifatchilar ijodida milliy uyg‘onish, adolat, erkinlik va ta’limni rivojlantirish kabi mavzularning badiiy tasviri tahlil etiladi. Ushbu adabiyot mintaqadagi siyosiy va madaniy islohotlar bilan bog‘liq bo‘lib, milliy o‘zlikni anglash, xalqaro adabiy aloqalarni rivojlantirish va yangi zamonaviy g‘oyalarning keng tarqalishiga xizmat qilgan. Maqolada, shuningdek, jadidlarning boshqa musulmon davlatlari va G‘arb madaniy merosidan o‘rgangan tajribalari hamda ular orqali milliy madaniyatni boyitish yo‘nalishidagi sa’y-harakatlari ochib berilgan. Jadid adabiyoti o‘z davrida milliy uyg‘onish va ma’naviy taraqqiyotning muhim asosi bo‘lib, xalqni savodli qilish va zamonaviylikka yo‘naltirishda hal qiluvchi omil sifatida tavsiflanadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references