Skip to main content
Article

ABU HAFS NASAFIYNING FIQHGA OID ASARLARI

Najmiddin HAFIZOVDoctoral student of the International Islamic Academy of Uzbekistan
The Maturidiyyajournal2024uz
ABI

Abstract

Maqolada o‘rta asrlarda yashagan yetuk olim Abu Hafs Umar Najmuddin Nasafiyning hayoti va ijodi aks ettirilgan. Abu Hafs Nasafiyning ilmiy ijodiga bevosita ta’sir qilgan Nasaf vohasi haqida qisqacha ma’lumotlar keltirilgan. O‘rta asrlarda Samarqand va Buxoro ilmiy muhiti haqida hamda olimning bu shaharlarda ilm egallagani, Nasafiyning islom ilmlarining fiqh sohasiga oid asarlari haqida to‘xtalib o‘tilgan. Jumladan Nasafiyning «Matla‘ an-nujum va majma‘ al-‘ulum» («Yulduzlarning chiqish joyi va ilmlar majmuasi») asariga kiritilgan fiqhiy asarlari va bu to‘plamdan joy olmagan boshqa fiqhiy kitoblari tahlil qilingan. Olim tomonidan fiqhning «usul al-fiqh» va «furu al-fiqh» tarmoqlarida yozgan kitoblari alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu asarlarning hanafiy mazhabi shakllanishidagi o‘rni, shuningdek hanafiy mazhabining Movarounnahr diyorida chuqur ildiz otishi hamda o‘lkada islom huquqshunosligining rivojlanishidagi ahamiyati bayon qilingan. Nasafiyning fiqhiy asarlari orasida «Tilba at-talaba» asarini alohida ta’kidlash lozim. Zero, bu asar fiqh sohasida yozilgan juda ko‘p kitoblarga asos bo‘lib xizmat qilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references