XITOY AHOLISINING TADBIRKORLIK ORQALI O'ZINI O'ZI BAND QILISHNING MUVAFFAQIYATLI TAJRIBASI
Abstract
Mazkur maqolada xorijiy mamlakatlarda aholini tadbirkorlik asosida o‘zini o‘zi band qilish tizimining rivojlanish xususiyatlari, uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati hamda samarali amaliyotlari tahlil qilingan. Xususan, o‘zini o‘zi band qilishning mehnat bozoridagi roli, norasmiy bandlikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish va iqtisodiy faollikni rag‘batlantirishdagi o‘rni ilmiy asosda yoritilgan. Maqolada Xitoy tajribasi misolida o‘zini o‘zi band qilishni qo‘llab-quvvatlashning bosqichma-bosqich institutsional mexanizmi, uning infratuzilmaviy, moliyaviy va raqamli omillari tahlil etilgan. Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilish faoliyatining tadbirkorlikka transformatsiya jarayonlari, gig-iqtisodiyot sharoitidagi rivojlanish yo‘nalishlari hamda xalqaro tajribalar asosida umumiy qonuniyatlar aniqlangan. Tadqiqot natijasida o‘zini o‘zi band qilishni samarali rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan asosiy shartlar — maqsadli guruhlarni aniqlash, kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, moliyaviy resurslarga kirishni kengaytirish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish kabi omillar asoslab berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida o‘zini o‘zi band qilishni mahalla darajasidan boshlab tadbirkorlik subyektlari darajasiga qadar rivojlantirishning ko‘p bosqichli modelini joriy etish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.