Skip to main content
Article

OʻZBEKISTONDA DOKTORANTURA FAOLIYATI YOʻLGA QOʻYILGAN OLIY TAʼLIM VA ILMIY TADQIQOT MUASSASALARI

ABI

Abstract

Oʻzbekistonda doktorlik faoliyatini rivojlantirishda universitetlar va ilmiy tadqiqot muassasalari muhim rol oʻynaydi. Doktorlik faoliyati — bu yangi bilimlarni olish va ularni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot va oʻquv vazifalari majmuasidir. Oliy oʻquv yurtlari va ilmiy tadqiqot muassasalari yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash uchun shart-sharoit yaratadi, fan sohalari rivojiga koʻmaklashadi, fan va taʼlim integratsiyasini taʼminlaydi. Doktorlik ishining asosiy elementlaridan biri tadqiqot ishi hisoblanadi. Universitetlar va ilmiy tadqiqot muassasalari bilimning turli sohalarida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boradi, yangi texnologiyalar, uslub va yondashuvlarni ishlab chiqish uchun zamin yaratadi. Bu esa mamlakat ilmiy salohiyatini yuksaltirish va jahon ilmiy hamjamiyatiga integratsiyalashuviga xizmat qiladi. Mamlakatimizda hududlar kesimida doktorantura faoliyati yoʻlga qoʻyilgan oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalarining holati va u yerda tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilarning soni, jinsi va yoshiga nisbatan tahlil qilingan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references