TURKFRONTNING MILLIY TILLARDAGI HARBIY NASHRLARI OZODLIK UCHUN KURASHGA QARSHI MAFKURAVIY TARG‘IBOT VOSITASI SIFATIDA
Abstract
Mazkur tadqiqotda sho‘ro tuzumi Turkistonda harbiy nashrlar, xususan, mahalliy tillarda gazeta va jurnallar chop etishga katta eʼtibor qaratgani bilan bog‘liq muammoga to‘xtalib o‘tildi. Bunday nashrlarning tipologiyasiga oid masala markaziy gazetalar, front gazetalari, milliy (baynalmilal) gazetalar misolida ochib beriladi. Turkkomissiya, Revvoyensovet fronti aʼzolari, mahalliy rahbar xodimlar hamkorlikda milliy harbiy matbuotni yaratish va g‘oyaviy-tashkiliy jihatdan mustahkamlash, baynalmilal askarlar uchun nashrlar chiqarishga kirishgani bilan bog‘liq muhim jarayonga fundamental ishlar orqali oydinlik kiritildi. Xususan, qizil armiyadagi turli millat vakillari tilida nashrlarni ko‘paytirishga sovet hukumatini nega katta kuch va vositalarni tashlagani tahlilga tortildi. Mahalliy tilda, baynalmilal xalqlar tilida harbiy nashrlar chop etish orqali sho‘rolar Turkistonda avj olgan ozodlik, erk uchun kurashni bostirishda harbiy asirlarni, yerli xalq vakillarini qizil armiya safiga ko‘proq kiritish, ularni chirkin siyosati haq ekanligiga ishontirish yo‘lidan borgani maqolada isbotlandi. Muallif tilga olinayotgan davrda chop etilgan harbiy nashrlarning asl maqsad va vazifalari haqida quyidagi xulosalarga keldi: Turkiston xalqlarining milliy ozodligi uchun kurashini “bosmachilik” harakati sifatida buzib ko‘rsatish; tarixiy haqiqatni soxtalashtirish; soxta sovet mafkurasi yordamida qizil armiya saflarini mahalliy aholi, harbiy asirlar hisobiga butlash; ijtimoiy fikrda qizil armiyaga nisbatan ijobiy fikrlarni hosil qilish; sho‘ro dushmanlariga qarshi ayovsiz kurash ruhini singdirish; mafkuraviy targ‘ibotni kuchaytirish.
Not yet translated