RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLARDA MIKROMOLIYA VA TURIZM: NAZARIY TAHLIL
Abstract
Ko'pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda turizmni rivojlantirishni iqtisodiy o'sishga erishishning asosiy strategiyasi sifatida qaraladi. Destinatsiyalarda turizm sektori asosan kichik korxonalar orqali tashkil etiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ular kredit va boshqa moliyadan foydalanish imkoniyatiga ega emas: moliya bozorlari ularni mijoz sifatida ko'rmaydi va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash asosan turizmda mahalliy biznesni kengaytirishga yo'naltirilmagan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan bo’ladi. Turizm investitsiyalari - bu turizm sohasiga moddiy va insoniy kapital qo'yish jarayoni bo'lib, unda mehmonxonalar, kurortlar va sayyohlik shaharlari qurish, kichik turizm loyihalarini qo'llab-quvvatlash va turizmni rivojlantirish yo'li bilan turistik faollikni oshirish orqali mamlakat daromadlarini oshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Not yet translated